AQSH Tinch okeanidagi uchta kemaga zarba berdi. Qurbonlar bor
AQSH harbiylari Tinch okeanining sharqiy qismida harakatlanayotgan uchta giyohvand moddalar savdosi kemasiga zarba berdi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kemalarga qilingan mazkur hujum oqibatida sakkiz nafar shaxs halok boʻlgan. AQSH razvedka maʼlumotlariga koʻra, nishonga olingan kemalar dengizdagi taqiqlangan moddalar savdosi yoʻnalishida harakatlangan va unda giyohvandlik vositalari tashilgan.
Maʼlumot uchun, shu yilning sentyabr oyidan beri AQSH harbiylarining Karib dengizi va Tinch okeanida giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullangan kemalarga hujum qilishi oqibatida 94 kishi halok boʻlgan. Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp kontrabandachilarga qarshi harakatlarni “amerikaliklarni himoya qilish” deya atagan va mamlakatga kirib kelayotgan giyohvand moddalar oqimini toʻxtatishga vaʼda bergandi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, oxirgi oʻn yillikda 450 mingdan ortiq amerikaliklar giyohvand moddalar dozasini oshirib yuborish oqibatida vafot etgan. Ularning aksariyati geroindan 50 baravargacha va morfindan 100 baravar kuchliroq boʻlgan fentanildan foydalangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring