AQSH poytaxti Vashingtonda dahshatli aviahalokat sodir boʻldi
AQSH poytaxti Vashingtonda havoda harbiy vertolyot bilan toʻqnashgan samolyot Potomak daryosiga quladi. Bu haqda “CNN” nashri xabar berdi.
Jahon axborot agentliklari xabariga koʻra, aviahalokat Oq uy va Kapitoliydan toʻrt kilometr janubda, Ronald Reygan nomidagi aeroport yaqinida sodir boʻlgan.
Samolyot bortida 60 yoʻlovchi va 4 nafar ekipaj aʼzosi, vertolyotda esa 3 kishi boʻlgani aytildi. Hozirga qadar yoʻlovchi layneri qulagan daryodan 18 kishining jasadi olib chiqildi. Aviahalokatdan 4 kishi omon qolgani maʼlum, ular shifoxonaga joʻnatilgan.
FQB samolyot halokatida na jinoiy, na terrorchilik tuzilmalari ishtirok etmaganligini bildirdi.
“Bugun kechqurun Reygan aeroporti yaqinidagi toʻqnashuvda ishtirok etganlar uchun ibodatda boʻling. Vaziyatni kuzatib boryapmiz, hozircha yaxshilikka umid qilamiz”, deydi Vitse-prezident Djey Di Vens.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring