AQSH noqonuniy migrantlarga qarshi kurash uchun 100 mln dollarlik avtomobillar sotib oladi
Foto: РИА Новости
AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) noqonuniy migrantlarga qarshi kurashish maqsadida taxminan 100 mln dollar mablagʻ ajratib, 1 000 ta yoʻltanlamas avtomobil xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Independent xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, mashinalar huquqni muhofaza qilish organlari ehtiyojlariga moslab modifikatsiya qilinadi. Jumladan, ular maxsus faralar, sirena, ovoz kuchaytirgich tizimlari, qorongʻilashgan oyna, qurol uchun seyf, taktik oʻrindiq gʻiloflari va maxsus belgilar bilan jihozlanadi.
Yoʻltanlamaslar Ford Police Interceptor Utility, Dodge Durango Pursuit va Tahoe Police Pursuit modellari asosida tayyorlanishi belgilangan.
Loyihaga koʻra, jihozlangan avtomobillar har 60 kunda 100 tadan yetkazib beriladi va butun shartnoma 20 oy ichida toʻliq bajarilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring