AQSH kutilmaganda Ukraina bilan kelishuvdan voz kechdi — OAV

Illyustrativ foto
Amerika delegatsiyasi vakillari 11-mart kuni Jiddada Ukraina bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar chogʻida nodir mineral resurslar boʻyicha bitim imzolanishini keyinga qoldirdi. Bu haqda oʻz “Suspilne” oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.
“Kelishuv Ukraina hukumati tomonidan maʼqullandi, shuning uchun ular (AQSH delegatsiyasi – Tahr.) Vashingtonga aniq natija bilan qaytishi uchun uni stolga qoʻydik”, — deyiladi maqolada.
Biroq, AQSH delegatsiyasi tanaffus qilishni va, ehtimol, Ukraina delegatsiyasi vakillariga toʻgʻri kelmagan, “qoralama” bitimini imzolamay turib, zudlik bilan batafsil kelishuvga oʻtishni taklif qildi, deya taʼkidlaydi nashr.
Seshanba kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukraina va AQSH delegatsiyalari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Unda Amerika maʼmuriyati oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning idorasi muzokaralar yakunlari boʻyicha Kiyev va Vashingtonning qoʻshma bayonotini eʼlon qildi. Unda Kiyev Vashingtonning tomonlar kelishuvi bilan uzaytirilishi mumkin boʻlgan 30 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi taklifiga tayyor ekanligi taʼkidlandi. Hujjatda, shuningdek, AQSH razvedka maʼlumotlarini almashishdagi tanaffusni zudlik bilan bekor qilishini va Ukrainaga harbiy yuk yetkazib berishni davom ettirishi aytiladi.
Shu yilning fevral oyi oxirida AQSH prezidenti Donald Tramp Zelenskiy Ukraina mineral resurslarini birgalikda oʻzlashtirish boʻyicha kelishuv imzolash uchun kelganida Oq uyda uni qoralagan edi. Amerika yetakchisi Kiyev rejimi rahbaridan oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishini va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tanqid qilishni bas qilishni talab qildi.
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Zelenskiy oʻz harakatlarini oqlashni, Rossiyani ayblashni va hattoki, ular okean bilan ajralib turgan boʻlsa ham, ular mojaro oqibatlarini his qilishlari bilan qoʻrqitishni boshlaganida, uni demokratlarning noshukur agitatori deb atadi. Natijada Ukraina delegatsiyasidan Oq uyni tark etish soʻralgan va kelishuv imzolanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring