AQSH KXDR bilan muzokaralar uchun yangi voqelikni tan olishi kerak — Kim Yo Jong

17:36 29 Iyul 2025 Dunyo
210 0

Foto: Korean Central News Agency

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisi Kim Chen Inning singlisi, Ishchilar partiyasi Markaziy qoʻmitasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Kim Yo Jong AQSHni yangi voqeliklarni tan olishga chaqirdi. Aks holda ikki davlat oʻrtasidagi muzokaralar Vashington uchun faqat “umid” boʻlib qoladi.

“Eslatib oʻtish joizki, hozirgi 2025-yil 2018 yoki 2019-yil emas. KXDRning yadroviy qurolga ega davlat sifatidagi qaytarib boʻlmaydigan maqomi va uning imkoniyatlari va geosiyosiy holati tubdan oʻzgarganini inkor etib boʻlmaydigan haqiqatni tan olish keyingi barcha taxminlar va mulohazalar uchun zarur shart boʻlishi kerak”, — dedi Jong.

Uning soʻzlariga koʻra, KXDRning yadroviy maqomini inkor etishga boʻlgan har qanday urinishlar rad etiladi, uni himoya qilish “variantlari” uchun ochiq boʻladi.

Shu yilning mart oyida AQSH prezidenti Donald Tramp KXDR bilan muloqotni tiklash istagini bildirgan edi.

2024-yil noyabrida KXDR yetakchisi Kim Chen In oʻz mamlakati va AQSH oʻrtasidagi turli darajadagi muzokaralar Vashington Pxenyanga nisbatan doimiy ravishda dushmanona siyosat yuritayotganini koʻrsatayotganini aytgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер