AQSH Isroilning Falastin hududiga boʻlgan huquqini tan oldi
Foto: Reuters
AQSH Isroilning de-yure Falastinga tegishli boʻlgan Iordan daryosining gʻarbiy sohiliga boʻlgan huquqini tan oladi. Bu haqda AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson aytib oʻtdi.
“Muqaddas yozuvlar bizga Yahudiya va Samariya togʻlari yahudiy xalqiga vaʼda qilinganligini va ular haqli ravishda ularga tegishli ekanligini oʻrgatadi. Ammo dunyo boʻylab koʻpchilik buni boshqacha koʻrib, “bosib olingan hududlar”, “Gʻarbiy sohil” yoki boshqa narsa deb ataydi”, — dedi u Isroilning Gʻarbiy sohildagi Ariyel shahriga tashrifi chogʻida.
Jonson Tel-Avivni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi va bu yer uning eʼtiqodi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ham taʼkidladi.
Avvalroq, Isroil parlamenti Iordan daryosining gʻarbiy sohilini uning hududi deb tan olish haqidagi rezolyutsiyani maʼqullagan edi.
“Yahudiy xalqining tarixiy, madaniy va maʼnaviy vatani”ning ajralmas qismi ekanligi taʼkidlangan hujjatga 71 deputat yoqlab, 13 nafari esa qarshi ovoz bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring