AQSH Isroil va «Hizbulloh»ni «yarashtirib qoʻymoqchi»
Oq uy vakili Amos Xoxshteyn AQSH Isroil va «Hizbulloh» oʻrtasidagi konfliktning urushga aylanib ketishini toʻxtatish uchun qattiq harakat qilayotganini bildirdi. U bu haqda Bayrutda qilgan chiqishida aytib oʻtgan.
Livanga tashrifi chogʻida Amos Xoxshteyn Gʻazoda oktabr oyida boshlangan urushdan buyon kuchayib borayotgan mojaroni zudlik bilan hal qilishni taʼkidlab, «Hizbulloh» va Isroil soʻnggi sakkiz oy davomida Isroil – Livan chegarasidagi insidentlarning katta mojaroga aylanish xavfini oshirganini bildirdi.
Isroil kuchlari tomonidan «Hizbulloh» qoʻmondonlaridan biri oʻldirilganidan soʻng Isroil harbiy obyektlariga yuzlab raketa va uchuvchisiz uchoqlar otilgan edi. Xoxshteyn Livan parlamenti spikeri Nabih Berri bilan uchrashgandan soʻng, yanada kengroq urushga aylanishining oldini olish uchun «shoshilinch» deyeskalatsiya zarurligini aytib oʻtgan.
Xoxshteyn Bayrutdagi uchrashuvga Isroildagi uchrashuvlardan soʻng kelishi noroziliklarni kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, mintaqadagi qarama-qarshiliklar nafaqat «Hizbulloh» va Isroil oʻrtasida, balki Eronning ham otashkesimlardagi ishtirokini inkor eta olmaydi.
«Hizbulloh» Qurbon hayiti bayrami paytida hujumlarini toʻxtatib turdi, biroq shundan soʻng yana faollikka oʻtdi. Guruh, shuningdek, Hayfadagi Isroil harbiy obyektlari va asosiy infratuzilmalari aks etgan videoni tarqatib, Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatmasa, hujumlarini davom ettirishlarini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring