AQSH Grin-karta dasturini toʻxtatdi
Illyustrativ foto
AQSH rasmiylari Braun universitetidagi otishma gumondori mamlakatga Grin-karta lotereya dasturi orqali kirgani uchun ushbu dasturni vaqtincha toʻxtatdi. Bu haqda AQSH Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem maʼlum qildi.
U AQSH prezidenti Donald Trampning koʻrsatmasi bilan darhol AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmatlariga DV1 dasturini toʻxtatib turishni buyurilgani bildirdi. Vazir bu chora AQSH fuqarolari “ushbu zararli dasturdan qoʻshimcha zarar koʻrmasligini” taʼminlash uchun qilinganini aytdi.
Noemning qayd etishicha, Braun universitetidagi otishmada gumonlanuvchi 48 yoshli Portugaliya fuqarosi Klaudio Neves Valenti 2017-yilda ushbu dastur boʻyicha AQSHga kelgan. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, u oʻz joniga qasd qilgan.
Shu yilning 13-dekabr kuni Rod-Aylend shtatining Providens shahridagi Braun universitetida otishma sodir boʻldi. Ushbu fojia oqibatida ikki kishi halok boʻldi va toʻqqiz kishi jarohatlandi. Qurbonlardan biri universitetning oʻzbekistonlik talabasi Muhammadaziz Umurzoqov edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring