AQSH davlat qarzi ilk bor 39 trillion dollardan oshdi

11:56 19 Mart 2026 Dunyo
125 0

AQSH davlat qarzi tarixda ilk bor 39 trillion dollarlik koʻrsatkichdan oshdi, deb xabar bermoqda TASS Amerika Qoʻshma Shtatlari Moliya vazirligi maʼlumotlariga tayanib.

Amerika suveren qarzi hozirda 39,03 trillion dollarni yoki mamlakatning har bir aholisiga 114,1 ming dollardan toʻgʻri keladigan mablagʻni tashkil etmoqda — bu rekord koʻrsatkichdir.

Ekspertlarning hisoblashicha, kelgusi oʻn yillik davomida AQSH davlat qarzi YIMning taxminan 120 foizigacha koʻtariladi. Federal hukumatning qarzi Qoʻshma Shtatlar butun iqtisodiyotining yillik ishlab chiqarish hajmidan oshib ketadi.

“Davlat qarzining yuqori darajasi federal hukumatni foizlarni toʻlash uchun koʻproq mablagʻ sarflashga majbur qiladi, natijada infratuzilma, taʼlim, tibbiy sugʻurta va ijtimoiy dasturlar uchun kamroq resurs qoladi. Agar investorlar AQSH qarzini yanada xavfliroq deb hisoblay boshlasalar, foiz stavkalari yanada koʻtarilishi mumkin, bu esa biznesni rivojlantirish va investitsiyalar uchun qarz olish xarajatlarini oshiradi”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер