AQSh COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga qo’shimcha 2,5 million dollar ajratdi

12:24 13 Noyabr 2021 Siyosat
1494 0

Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumatining COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish boʻyicha keng qamrovli global chora-tadbirlari doirasida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Oʻzbekistonga qoʻshimcha 2,5 million dollar ajratdi. Shu tariqa, AQSH hukumatining Oʻzbekistonning COVID-19ga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshgan umumiy hissasi 16 million dollardan oshdi.

USAIDning Oʻzbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit Oʻzbekistonda pandemiya hali tugamaganini, virus butun mamlakat boʻylab tarqalishda davom etayotganini va yangi variantlar global miqyosda doimiy xavf tugʻdirishini, pandemiyaga barham berish global iqtisodiyotni tiklash uchun ham juda muhim ekanligini aytdi. Shuningdek, – “Vaksinalar bunda asosiy yechim boʻlib, Bayden maʼmuriyati bu harakatga sodiqligini yaqinda Qoʻshma Shtatlarning butun dunyo boʻylab 200 million dozadan ortiq COVID-19 vaksinasini xayriya qilganini eʼlon qilishi orqali namoyon etdi”, – deya qoʻshimcha qildi u.

Pandemiya boshlanganidan beri USAID Oʻzbekiston hukumati bilan bir qator yoʻnalishlarda keng koʻlamli hamkorlik qilib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?