AQSH bu mojaroni boshlamadi, lekin tugatadi — Hegset

05:25 01 Mart 2026 Dunyo
1028 0

AQSH mudofaa vaziri Pit Hegset Trampning buyrugʻiga binoan, mamlakat tarixdagi eng halokatli — “Shafqatsiz gʻazab” operatsiyasi boshlaganini eʼlon qildi.

“Biz Amerika xalqiga qaratilgan raketalarga toqat qilmaymiz. Mazkur raketalar hamda Eronning raketa ishlab chiqarish sanoati toʻliq yoʻq qilinadi. Shuningdek, Eron dengiz floti ham butkul tugatilib, mamlakat hech qachon yadroviy qurolga ega boʻlmasligi taʼminlanadi. Qoʻshma Shtatlar bu mojaroni boshlamagan, ammo biz uni tugatamiz”, — deya taʼkidlagan Hegset.

Shuningdek, AQSH mudofaa vaziri amerikaliklarni oʻldirgan yoki ularga tahdid qilgan har qanday shaxs dunyoning qaysi burchagida boʻlishidan qatʼiy nazar taʼqib qilinib, yoʻq qilinishini qoʻshimcha qilgan

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер