AQSH Bayden davrida yomonlashgan migratsiya inqirozi bilan zaharlandi — Tramp
Foto: Reuters
Amerika Qoʻshma Shtatlari hozirgi Amerika maʼmuriyati davrida yomonlashgan migratsiya inqirozidan aziyat chekmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xarrisburgda (Pensilvaniya) saylovchilar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.
“Bizning asosiy muammomiz bu AQSH hukumati mamlakatga ruxsat bergan 21 million odam. Ular mamlakatimizni zaharlashdi. Ular bu yerga qamoqxonalardan, psixiatrik shifoxonalardan kelishadi. Ular orasida terrorchilar ham bor”, deya keskin bayonot berdi siyosatchi.
Trampning soʻzlariga koʻra, bu AQSH duch kelgan eng murakkab muammo.
Avvalroq, AQSH prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Kamala Xarris saylovda gʻalaba qozonsa, Kongressda Amerika chegarasidagi choralarni kuchaytirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilishini soʻrashini aytgandi.
Avgust oyi oxirida Texas federal sudi AQSH prezidenti Jo Baydenning mamlakatdagi noqonuniy muhojirlarni qonuniylashtirish boʻyicha dasturini qabul qilishni toʻxtatdi. Shuningdek, sud qarori uzaytirish imkoniyati bilan ikki hafta muddatga amal qilishi qayd etilgan.
Oʻz navbatida, Donald Tramp muhojirlarni qaytarib olishdan bosh tortgan davlatlarga bojlarni oshirish bilan tahdid qildi. Siyosatchi, shuningdek, amaldagi rahbariyatning muvaffaqiyatsiz migratsiya siyosati tufayli AQSHni jinoyat epidemiyasi qamrab olganini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring