AQSH 2023-yilgi turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar (Grin karta) dasturining erta tugaganini ma’lum qildi

AQSH Davlat departamenti 2023-yilga mo‘ljallangan “Turli millat vakillari uchun vizalar” (grin karta) dasturi bo‘yicha mavjud bo‘lgan barcha 55 000 ta vizani berib bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning AQSHdagi elchixonasi ma’lum qildi.
Har yili Davlat departamentiga taxminan 55 000 ta viza berishga qonuniy ruxsat etiladi. 55 000 ta vizaning barchasi berilgach, ushbu dastur nafaqat O‘zbekistonda, balki barcha mamlakatlarda o‘sha yil uchun yakunlangan hisoblanadi.
“Turli millatlar uchun vizalar” (grin karta) dasturiga navbatdagi arizalar qabul qilish shu yil oktyabr oyi boshida ochiladi va biz ariza topshirish huquqiga ega bo‘lgan barchani unda ishtirok etishga taklif etamiz. Bu yil tanlab olinmaganlar yana dasturga ariza topshirishlari mumkin. AQSHning Toshkentdagi elchixonasi navbatdagi “Turli millat vakillari uchun vizalar” (grin karta) dasturi haqida qo‘shimcha ma’lumot bo‘lishi zahoti ommaga e’lon qiladi.
"AQSH elchixonasi grin karta bo‘yicha viza intervyusi bekor qilingan arizachilarni tegishli ravishda xabardor qildi. Biz tanlab olingan kishilarning 2023 yilgi dastur yakunlangani sababli viza ololmaganidan hafsalasi pir bo‘lishini to‘g‘ri tushunamiz. Biz immigratsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlardan Amerika Qo‘shma Shtatlariga keluvchi shaxslarning sayohatini osonlashtirishga intilamiz. Shuningdek, biz xilma-xillik hamjamiyatimizga olib keladigan muhim hissa ekani hamda AQSH iqtisodiyotiga ta’sirini e’tirof etamiz", deyiladi AQSH elchixonasi rasmiy bayonotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring