Aprel oyida yana bir xalqaro konferensiya oʻtkaziladi

21:01 13 Yanvar 2022 Jamiyat
295 0

Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutida Oʻzbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, akademik Yunus Rajabiy tavalludining 125-yilligi, Oʻzbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy tavalludining 80 yilligi, Yunus Rajabiy uy-muzeyining tashkil topganiga 25 yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkaziladigan хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Tashkiliy qoʻmitasining ilk maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Bu haqda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi maʼlum qildi.

Ushbu maslahat uchrashuvida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani joriy yilning 26-27-aprel kunlari oʻtkazish belgilanib, uni yuqori saviyada tashkillashtirish va oʻtkazish boʻyicha bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?