Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi
Videodan kadr
Toshkent viloyati Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boʻlimi katta tergovchisi 5 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur mansabdor shaxs oʻz ish yurituvida boʻlgan tergovga qadar tekshiruv ishi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatmaslik va tegishli tartibda chora koʻrmaslik evaziga 10 ming dollar talab qilgan.
DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻidan 5 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan tergovchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangan shahri hokimi ishonchli odami boʻlgan – hokimlikning devonxona mudiri orqali MCHJ rahbaridan 60 ming dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring