Angorliklar eng koʻp nimadan norozi boʻlishmoqda?

18:34 12 Sentyabr 2018 Jamiyat
1698 0

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy muhitni oʻrganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M. Ikromov boshchiligidagi ishchi guruh oʻn kun davomida Angor tumanida boʻldi.

Ishchi guruhi aʼzolari tumandagi qator ijtimoiy soha obyektlari hamda 36 ta mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 21 ming 391 ta (98,5 foiz) xonadonlarda boʻlib, ularning muammolarini oʻrganishdi. Uyma-uy yurib oʻrganish natijasida 7085 ta turli masalalarga oid murojaatlar qabul qilindi. Ular asosan turarjoy, gaz, elektr energiyasi, ichimlik suv taʼminoti kabi kommunal tarmoq muammolari hamda yoʻl xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, taʼlim sifati va bandlik kabi masalalarga oid boʻlib, aksariyati joyida hal etildi. Jumladan, 300 dona maishiy gaz ballonlari aholiga yetkazildi. 4 dona yangi transformator va 40 dona temir-beton tayanchlar oʻrnatildi. 4 ta ichimlik suv qudugʻi va minorasi ishga tushirilib, 150 metr suv quvuri tortildi. Natijada 467 xonadon toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Ishchi guruhi tomonidan aniqlangan kamchilik va muammolarni qisqa fursatda bartaraf etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilib, uning ijrosi yuzasidan mutasaddilarga vazifalar yuklandi.

Bunga qadar mazkur ishchi guruhi tomonidan viloyatning Shoʻrchi, Qiziriq va Sherobod tumanlarida ham ana shunday oʻrganishlar oʻtkazilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?