Angor tumanida “Yoshlar bogʻi” doirasida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi
Surxondaryo viloyatida atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan “Yoshlar bogʻi” loyihasi doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda Angor tumanida viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida navbatdagi koʻchat ekish aksiyasi tashkil etildi.
Tadbir davomida 1000 tup manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi hamda yangi yashil hudud barpo etildi. Ushbu aksiya aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga boʻlgan masʼuliyatni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
— Mazkur aksiyada ishtirok etish menga katta xursandchilik bagʻishladi, — deydi tadbir ishtirokchisi Dilmurod Berdiyev. — Yashil hududlarni kengaytirish, ekologik muammolarni hal etish har birimizning burchimiz. Bunday loyihalarda faol qatnashish nafaqat jamiyat uchun foyda, balki yoshlarimizda masʼuliyat tuygʻusini ham oshiradi.
Qayd etilishicha, “Yoshlar bogʻi” loyihasi doirasidagi bunday aksiyalar Surxondaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring