Angliyaning «Everton» klubi stadioni Oʻzbekiston bayrogʻi bilan bezatildi
Bugun Angliya premyer-ligasining 5-turi oʻyinlariga start berildi.
Xususan, ayni paytlarda mamlakat chempionatining eng koʻhna derbilaridan biri — "Everton" — “Liverpul” oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtyapti.
Eʼtiborlisi, mazkur markaziy matchlardan biriga mezbonlik qilayotgan «Gudison Park» stadioni tribunalaridan biri Oʻzbekiston bayrogʻi bilan bezatildi.
“APL oʻyinlarida men koʻrgan eng katta bayrogʻimiz shu” deya eʼtirof etdi barcha hamyurtlarimiz uchun yoqimli boʻlgan ushbu holatni taniqli futbol sharhlovchisi, sport jurnalisti Davron Fayziyev.
Eslatib oʻtamiz, asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan biznesmen Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings kompaniyasi «Everton» klubi uchun qurilajak yangi oʻyingohga nom qoʻyish huquqini shu yili sotib olgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring