Andijonlik tadbirkor manfaati sudda himoya qilindi

20:31 20 Iyun 2024 Jamiyat
233 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatidagi “New building” MCHJ tomonidan 2023-yilning 4-sentyabr kuni Jalaquduq tumanidagi 10- hamda 29-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 19-, 27-umumiy oʻrta taʼlim maktablari binosi joriy taʼmirlangan edi. Barcha kelishuvlar va harakatlar tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshirilgan.

— Tadbirkor tomonidan jami 1 mlrd 918 mln. soʻmlik taʼmirlash ishlari bajarilgan. Biroq buyurtmachi bu mablagʻni tadbirkorga bermay kelgan, — deydi Xoʻjaobod tumanlararo iqtisodiyot sudi raisi Ibrohimjon Joʻrayev. — Bu xususda tegishli hisob-varaq dalolatnomalari imzolangan. Qolaversa, Jalaquduq tuman prokuraturasining 2023-yil 20-oktyabr kungi talabnomasiga asosan “Norma qurilish nazorat” MCHJ tomonidan bajarilgan ishlar nazorat oʻlchovidan ham oʻtkazilgan.

Shundan soʻng tadbirkor U. Yusupov sudga murojaat etdi. Xoʻjaobod tumanlararo iqtisodiy sudida holat yuzasidan tadbirkor manfaatini himoya qiluvchi qaror qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?