Andijonlik ayol farzandlarini MIB orqali “undirib” oldi

16:29 31 May 2024 Hujjatlar
456 0

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyatidan Termiz shahriga kelin boʻlib tushgan ayolning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini sobiq turmush oʻrtogʻining qoʻlidan olib berdi. Bu haqda MIB matbuot kotibi Farrux Toshpoʻlatov “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Bildirilishicha, Termiz shahriga kelin boʻlgan andijonlik ayol oilaviy kelishmovchiliklar sabab turmush oʻrtogʻining uyidan chiqib ketishga majbur boʻlgan. Biroq uning 2 farzandi ayoldan gʻayriqonuniy yoʻllar bilan ajratib qoʻyilgan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Termiz tumanlararo sudida bolalarni olib berish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi tomonlar va xolislar ishtirokida koʻrib chiqilib, voyaga yetmagan 2013 va 2016-yilda tugʻilgan bir qiz va bir oʻgʻil farzandlarni ona mehri va tarbiyasiga muhtojligini inobatga olgan holda ona tarbiyasiga qaytarish zarurligi belgilangan.

Shundan soʻng, sudning mazkur ijro hujjati MIBning Termiz shahar boʻlimi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan. Afsuski, bolalar ota uyidan boshqa manzilda yashirib kelganligi sababli, davlat ijrochisining qarori bilan qidiruvga berilgan.

“Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida bolalar qarzdor otaning Samarqand shahridagi qarindoshlarining yashash uyidan topildi. Ular sogʻ-salomat ona tarbiyasiga topshirildi”, deydi Farrux Toshpoʻlatov.

Byuro matbuot kotibi shuningdek, bolalar onasi bilan birgalikda Andijon shahriga joʻnab ketgani hamda sudning ijro hujjati ijrosi amalda tamomlanganini ham qoʻshimcha qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер