Andijondagi koʻp qavatli uyda sodir boʻlgan portlash yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi

15:27 13 Mart 2021 Jamiyat
1600 0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Andijon shahrida gaz va havo aralashmasi chaqnashi sodir boʻlganligi haqida rasmiy bayonot berilgan.

Aniqlanishicha, 2021-yil 12-mart kuni soat 17:22 larda Andijon shahar “1-son” MFY, 2-kichik daha, Furqat koʻchasi, 24-uy 9-xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yongʻin kelib chiqqan.

Oqibatda, xonadonda boʻlgan ayol va voyaga yetmagan qiz tana kuyishi hamda qoʻshni xonadonda yashovchi voyaga yetmagan bola chaqnash toʻlqinidan yiqilib, koʻkrak qismidan tan-jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Jabrlanganlarning olgan tan-jarohatlari ogʻirlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Mutaxassislar tomonidan chaqnash sabablari, shuningdek keltirilgan zararlarni aniqlash choralari koʻrilmoqda.

Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan oʻtkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?