Andijondagi 4 yoshli MTT tarbiyalanuvchisi uxlab yotganda olamdan oʻtgan
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 21-aprel kuni soat 14:00 dan 15:00 ga qadar boʻlgan oraliqdagi vaqtda Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli Lutfullayev Xushnudbek maktabgacha taʼlim tashkilotining kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda olamdan oʻtgan. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashkilot hamshirasining maʼlum qilishicha, ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi Lutfullayev Xushnudbekda hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan.
Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uygʻotilganda bola oʻrnidan turmagan va darhol tez yordamga murojaat qilingan hamda tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan oʻtkazilgan. Natijada bola uyqu vaqtida olamdan oʻtganligi maʼlum boʻlgan.
Hozirgi kunda huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv, ekspertiza ishlari olib borilmoqda.
Ekspertiza xulosalari aniqlangach batafsil maʼlumot berilishini hamda holat Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan nazoratga olinganligini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring