Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati faoliyati aniqlandi

11:56 28 Iyun 2025 Jamiyat
282 0

Joriy yilning may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati faoliyati aniqlandi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati IIB.

Unda aytilishicha, jamoat yetakchisi Andijon shahrida yashovchi 1981-yilda tugʻilgan U.A. oʻz atrofiga 12 nafar shaxslarni yigʻib, jamoat tashkil etgan xolda shahardagi turli choyxonalarda tuplanib, kelgusida Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotiga qoʻshilishni niyat qilishgan. Shuningdek, oʻzaro “Baytulmol” koʻrinishida pul mablagʻlari yigʻib, uz tarafdorlariga berib kelishganligi maʼlum boʻlgan.

Jamoat aʼzolarining xonadonlarida oʻtkazilgan tintuv tegov harakatlari davomida turli diniy ekstremistik adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar topilgan va rasmiylashtirilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер