Andijonda “Jasorat maktablari”ga bagʻishlangan respublika amaliy seminari davom etmoqda
Andijon viloyatida “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga bagʻishlangan respublika amaliy seminari oʻz ishini davom ettirmoqda. Tadbirda mamlakat boʻylab faoliyat yuritayotgan 208 nafar “Jasorat maktabi” direktorlari hamda 416 nafar chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari ishtirok etmoqda.
Seminar doirasidagi asosiy tadbirlardan biri Bobur shahridagi “Vatanparvarlik bogʻi”da oʻtkazildi. Bu yerda “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzolarining tantanali “Vaʼda berish marosimi” boʻlib oʻtdi.

— “Jasorat maktablari” loyihasi yoshlarning maʼnaviy kamoloti, vatanparvarlik hissini oshirish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi, — deydi Andijon tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari, mayor Lazizbek Alimov. — Bugungi yoshlar ertangi kunning ishonchi va tayanchidir. Shu bois ularni jasoratli, zakovatli, jismonan sogʻlom va ruhan baquvvat qilib tarbiyalash har birimizning burchimizdir. Bu kabi seminarlar yoshlar bilan ishlashning samarali usullarini oʻrganish, vatanparvarlik ruhini kuchaytirish hamda tajriba almashish maydoni boʻlib xizmat qiladi.
Seminar doirasida ishtirokchilar Asaka, Buloqboshi tumanlari hamda Andijon shahridagi qator umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boʻlib, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan ilgʻor tajribalar bilan tanishdilar. Shuningdek, “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasiga start berildi.

Tadbir doirasida oʻtkazilgan koʻchat ekish aksiyasi ham yoshlarda tabiatga muhabbat, ekologik madaniyat va masʼuliyat tuygʻusini shakllantirishga xizmat qildi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring