Andijonda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotayotgan xususiy korxona aniqlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Andijon shahrida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.k.” xususiy korxonasi masʼul shaxslari litsenziya olmasdan, korxonaning oziq-ovqat doʻkoni orqali alkogol mahsulotlarini noqonuniy ravishda sotib kelgani fosh etildi.
Tadbir natijasida 537 dona turli nomdagi qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, Xonobod shahrida ham shunga oʻxshash huquqbuzarlik holati qayd etildi. Departamentning Xonobod shahri boʻlimi hamda Ichki ishlar boʻlimi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida yakka tartibdagi tadbirkor Sh.O.ga tegishli savdo doʻkonidan 97 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari va 342 quti tamaki mahsuloti topildi va ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Ikkala holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Hozirda ushbu ishlar boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holatlar alkogol mahsulotlarining nazoratsiz aylanishi va soliqdan qochish holatlariga qarshi kurashda masʼul idoralar tomonidan olib borilayotgan faol harakatlarning bir qismidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring