Andijonda paxta yigʻim-terim mavsumi boshlandi
Andijon viloyati Boʻston tumanidagi “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish klasteri paxta maydonlarida “Paxta-2021” yigʻim-terim mavsumi boshlandi.
Agroklaster matbuot kotibi Ilhomjon Tojiboyevning maʼlum qilishicha, ayni paytda agroklaster dala maydonlarida paxta yigʻim-terim ishlari qizgʻin tus olgan boʻlib, bugun klaster tizimiga qarashli paxta qabul qilish va qayta ishlash korxonasida yigʻim-terim mavsumining ramziy boshlanishi hisoblangan “Hosil karvoni” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Marosimda sektorlar rahbarlari, klaster tizimi mutaxassislari, tuman mehnat faxriylari, qishloq xoʻjaligi tizimi vakillari hamda dehqon va fermerlar ishtirok etdi.
“Hosil karvoni” tadbirida Boʻston tuman hokimi Sanobarxon Nosirova klaster tizimida mehnat qilayotgan paxtakor dehqonlarni masʼuliyatli hisoblangan “Paxta-2021” yigʻim-terim mavsumiga yetib kelganliklari bilan tabrikladi.
Shundan soʻng mehnat faxriysi Muhammadqodir Turdiyev soʻzga chiqib paxtakorlarga boshlangan yigʻim-terim mavsumida faol qatnashib, paxta hosilini nes-nobud qilmay terib olishlariga kuch-quvvatlar tiladi.
Joriy yilda mazkur agroklaster tasarrufidagi ekin maydonlarining qariyb, 1 ming gektarida gʻoʻza parvarishlangan boʻlib, ayni damda paxta 90 foiz ochilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring