Andijonda “Nexia-3” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, 53 yoshli skuter haydovchisini urib ketdi
Andijonda Ichki ishlar organlari tizimidan boʻshatilgan shaxs 53 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 9-noyabr kuni soat 18:30larda ilgari Shahrixon tumani IIBda profilaktika katta inspektori lavozimida ishlagan, Andijon viloyati IIBning 2025-yil 7-noyabrdagi shaxsiy tarkib boʻyicha tegishli buyrugʻiga asosan ichki ishlar organlari tizimidan qurolli kuchlar zaxirasiga boʻshatilgan S.A. oʻziga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomashinasini Shahrixon tumani, Nazarmahram MFY oʻramidan oʻtgan mahalliy transport qatnov yoʻlida “Shahrixon” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yoʻqotgan.
Shundan soʻng, “Nexia-3” rusumli avtomashinasi bilan qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketgan fuqaro S.A. ushbu yoʻnalishda harakatlanayotgan skuterchi haydovchi 1972-yilda tugʻilgan fuqaro J.M.ni avtomashinaning old chap burchagi bilan urib yuborgan.
Mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida fuqaro J.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa sababli avtomashina va skuter texnik shikastlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring