Andijonda “Nexia-2” moped va velosipedchini urib yubordi
Videodan kadr
Andijon viloyatida “Nexia-2” haydovchisi svetoforning qizil chirogʻida harakatlanib, moped va velosipedchini urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 4-sentyabr kuni Qoʻrgʻontepa tumani Xon koʻcha mahallasi hududidan oʻtgan D-137 “Teshiktosh-Oyim Qoʻrgʻontepa-Yorqishloq” avtomobil yoʻlining 48-kilometrida sodir boʻlgan.
Oʻsha kuni 29 yoshli haydovchi A.Q. “Nexia-2” rusumli avtomashinani Qoʻrgʻontepa yoʻnalishida boshqarib kelib, tartibga solingan chorrahada svetoforning qizil chirogʻida harakatlanib, dastlab chorrahaning chap tomonidan chiqayotgan moped transport vositasi bilan toʻqnashgan. Shundan soʻng rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetida harakatlanib kelayotgan velosiped haydovchisini ham urib yuborgan.
Mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida moped haydovchisi Sh.A. hamda velosiped haydovchisi B.N. yengil tan jarohati olishib, Qoʻrgʻontepa tumani shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimiga murojaat qilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Qoʻrgʻontepa tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Taʼkidlanishicha, qCga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo chorasi koʻrilishi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring