Andijonda “Nexia-2” bilan toʻqnashgan “Spark” agʻdarilib ketdi
Foto: Andijon YHXB
Andijon shahrida “Nexia-2” bilan toʻqnashgan “Spark” agʻdarilib ketdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea bugun, 25-dekabr kuni soat 12:50 larda Andijon shahri, Mashrab koʻchasi “Oltin vodiy” mehmonxona qarshisidagi qayrilib olish joyida sodir boʻlgan. Yoʻl-transport hodisasi 65 yoshli haydovchi K.A. “Nexia-2” rusumli transport vositasida harakatlanib kelib, yoʻlning belgilangan joyidan ortga qayrilib olish vaqtida qarama-qarshi tomondan oʻz yoʻnalishida kelayotgan “Spark”ni oʻtkazib yubormasdan, uning yoʻliga chiqib yuborishi oqibatida roʻy bergan.
Toʻqnashuv oqibatida “Spark” rusumli transport vositasi agʻdarilib ketgan. Qayd etilishicha, hodisa tufayli tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq, transport vositalari texnik shikastlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring