Andijonda mast haydovchi “Cobalt” va “Nexia-3”ni pachoq qildi
Foto: Andijon YHXB
Andijon viloyati Baliqchi tumanida mast haydovchi svetoforning “qizil” ishorasida toʻxtab turgan ikkita mashina bilan toʻqnashdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 25-sentyabr kuni soat 23:20 larda Baliqchi tumani Markaz MFY hududidagi tartibga solingan chorrahada roʻy bergan.
Haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 21 yoshli A.D. “Nexia-2” rusumli transport vositasini “Chinobod — Baliqchi” yoʻnalishi boʻylab mast holda boshqargan. Harakat davomida oraliq masofani saqlamasdan, oʻzidan oldinda svetoforning “qizil” ishorasida toʻxtab turgan “Cobalt” va “Nexia-3” rusumli avtomashinalarning ortidan borib urgan.
Ushbu YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, biroq transport vositalari texnik shikastlangan.
Bildirilishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, transport vositasini mast holda boshqarish haydovchiga nisbatan BHMning 40 baravari miqdorida jarima hamda transport vositasini 3-yilgacha boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi belgilanishiga sabab boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring