Andijonda “Malibu” bilan toʻqnashgan “Matiz” majaqlanib ketdi

21:16 21 Iyul 2025 Jamiyat
244 0

Andijon viloyati Izboskan tumanida “Malibu” va “Matiz” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea bugun, 21-iyul kuni soat 19:25 larda Izboskan tumani “Kuygan-yor” MFY hududidan oʻtgan D-133 avtomobil yoʻlining 2 kilometrida sodir boʻlgan. 1996-yilda tugʻilgan haydovchi B.Z. oʻzining “Matiz” rusumli transport vositasida “Andijon — Madaniyat” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib ketayotib, oraliq masofa saqlamasdan, oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda qayrilib olmoqchi boʻlib turgan “Malibu-1” bilan toʻqnashib ketgan.

YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, biroq transport vositalari texnik shikastlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?