Andijonda “Kobalt“ uch nafar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini urib yubordi, ikki nafari halok boʻldi

Andijon viloyati Asaka tumanida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlishi natijasida ikki nafar fuqaro halok boʻldi. Bir nafari jarohatlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Xalq soʻzi Online”ga maʼlum qildi.
Qayd qilinishicha, 2019 yil 16 may kuni soat 08:00 lar chamasida, fuqaro A.S. boshqaruvidagi boʻlgan “Kobalt” rusumli avtomashinasida Asaka tumani, “Dasturxonchi” MFY hududidan oʻtgan Andijon-Shahrixon transport qatnov yoʻlining “Andijon” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetida sugʻorish ishlarini olib borayotgan Asaka tumani obodonlashtirish boʻlimi ishchilari O.P., F.T. va Z.U.larni urib yuborgan.
Natijada, fuqaro O.P. hodisa joyida, fuqaro F.T. shifoxonada vafot etgan, fuqaro Z.U. esa tan jarohati olib, Asaka tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan 16.05.2019 yilda JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yoʻl transport hodisasi natijasida jabrlangan fuqarolar mehnatga jalb qilinishi qonuniyligi oʻrganilganda, O.P., Z.U. va F.T. 2018 yilning fevral oyidan beri Asaka tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining tegishli buyruqlariga asosan boshqarmada haq toʻlanadigan jamoat ishiga ishchilar sifatida qabul qilinganligi maʼlum boʻldi.
Asaka tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Asaka tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining ishchilarini Asaka tumanida “Dasturxonchi” MFY hududidagi transport qatnov yoʻlining chetida sugʻorishga jalb qilinishida mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasiga xizmat tekshiruvi oʻtkazish haqida taqdimnoma kiritildi.
Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi, natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring