Andijonda Xoʻjaobod tumanidagi taʼmirlanayotgan yoʻlda avtohalokat yuz berdi

10:35 28 Oktyabr 2021 Jamiyat
1358 0

Foto: Халқ сўзи

Bugun tongga yaqin Xoʻjaobod tumanidagi “Zamon tekstil” MCHJ joylashgan hududda avtohalokat sodir boʻldi. Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan xabarda “Damas” avtomashinasining jiddiy shikastlanganini koʻrish mumkin. Haydovchilarning maʼlum qilishicha, bunga tugallanmagan yoʻl taʼmiri va yoʻl belgilarining qoʻyilmagani sabab boʻlgan. Mahalliy aholining aytishicha, hududdagi vaziyatni kunduz paytlari ilgʻash mumkin, biroq tunda harakat izdan chiqib ketishi natijasida shu kungacha bir nechta avtohalokat sodir etilgan.

Voqea yuzasidan jabr koʻrganlar haqida hali hech qanday maʼlumot yoʻq.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?