Andijonda keksa ayol lift ichida qolib ketdi

12:15 19 Iyul 2025 Jamiyat
199 0

Andijonda keksa onaxon lift ichida qolib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati FVBga “112” tizimi orqali, Andijon shahar “Navbahor” MFYda joylashgan koʻp qavatli uylarning birida lift ichida keksa onaxon qolib ketgani va amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

FVB qutqaruvchilarining tezkor harakatlari orqali maxsus asbob-anjomlar yordamida lift ochilib, keksa onaxon sogʻ-salomat olib chiqildi.

Eslatib oʻtamiz, hukumat qarori bilan “Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan boʻlib, bino va inshootlarda oʻrnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda boʻlgan liftlar 12 oydan oshmagan holda kamida 1-marta majburiy davriy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.

Liftlarda qamalib qolish holatlari esa tez-tez uchrab turibdi. Avvalroq ham Toshkent shahrida 10 kun ichida shu kabi 4 hodisa yuz berganini xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер