Andijonda bir qizni boshqa qizlar guruh boʻlib kaltakladi

15:03 08 Noyabr 2025 Jamiyat
470 0

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qizni boshqa qizlar guruh boʻlib kaltaklagani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 7-noyabr kuni Andijon shahri, Mustaqillik mahallasida joylashgan 6-sonli koʻp qavatli uyning oldida ushbu mahallada yashovchi voyaga yetmagan E.M. oʻziga tanish boʻlgan Andijon shahri, Shoʻrbuloq mahallasida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan Yu.D. bilan oʻzaro kelishmovchilik sababidan janjallashgan.

Ushbu kelishmovchilikka Yu.D. bilan birga kelgan voyaga yetmagan dugonalari Sh.B, A.I, va I.M.lar ham aralashib, E.M.ga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahri boʻyicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlab yuborilgan.

Shuningdek, voyaga yetmaganlar Yu.D, Sh.B, A.I, va I.M.larning ota-onalariga nisbatan MJtKning 47-moddasi tartibida maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер