Andijonda bir-biriga tutash xonadonlarda yongʻin yuz berdi
Videodan kadr
Andijon tumani “Chem” MFY hududida joylashgan aholi xonadonlarida yongʻin sodir boʻldi. Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʻlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 29-iyun kuni soat 15:30 da Andijon tumani Chem MFY joylashgan aholi yashash xonadonida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan yongʻin qutqaruv texnikalari voqea joyiga etib borgan va soat 15:57 da sodir boʻlgan yongʻin batamom oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida aholi yashash xonadonining tom, shift qismi va uy-roʻzgʻor buyumlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sodir boʻlish omillari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring