Andijonda “ajal ogʻusi”ni tayyorlayotgan narkolaboratoriya fosh qilindi
Oʻzining yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilgan Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1987-yilda tugʻilgan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, narkotik moddalar tayyorlash va sotish bilan shugʻullangan mazkur shaxsning uyidan “gashish” moddasi, kristal koʻrinishidagi sintetik giyohvandlik vositasi, “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, ajal ogʻusini tayyorlashda kerak boʻladigan xom-ashyolar, maxsus idishlar, qadoqlashda foydalaniladigan zip paketlar, 4 ta telefon va 1 ta noutbuk ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, mazkur noutbukda mijozlarga sintetik giyohvand moddalarni sotish va lokatsiya tashlab berish uchun gumonlanuvchi tomonidan boshqarilgan 3 ta “Telegram bot” hamda uy sharoitida narkolaboratoriya tashkil qilish bilan bogʻliq video va rasm koʻrinishidagi qoʻllanmalar mavjudligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi hamda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan.
“Tergov harakatlari doirasida uning jinoiy aloqalarini aniqlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring