Andijonda 5,3 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjaobod tumani boʻlimi, IIB va “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.B.” MCHJ rahbari S.A. “Beshqovoq” MFY hududidagi tuz ishlab chiqarish sexida oʻrnatilgan elektron gaz hisoblagich muhrini buzib, gaz tarmogʻidan ohak ishlab chiqarish uchun foydalanib kelganligi fosh etildi.
Ushbu qonunbuzilish holati natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jami 5,3 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, – deyiladi Departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring