Andijonda 400 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida joylashgan MCHJ 403,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Oltinkoʻl tuman boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda, F.A. MCHJ rahbari F.J. va boshqalar “Koʻmakay” MFY hududidagi ovqatlanish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 403,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring