Andijonda 3 oylik chaqalogʻini 700 dollarga pullamoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi

Izboskanlik 2 nafar bolaning onasi G. va O. (erkak) kimdan ekanligi nomaʼlum boʻlgan 3 oylik chaqalogʻini sotishga urindi. Bu haqda “Qonun va ijro” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu xabar tarqalib, kerakli idoralargacha yetib borgan. Shundan soʻng ular yashayotgan xonadonga chaqaloqni koʻrgani “er-xotin mijoz” keldi. Shu yerda G. va O. orqali “mijoz”ga qiz chaqalogʻini 700 AQSH dollariga sotmoqchi ekanini bildirdi. Ogʻzaki kelishuvdan soʻng ular Andijon shahridagi «Daryotrans» yonida koʻrishmoqchi boʻldi.
700 AQSH dollarini “mijoz”dan sanab olib, chaqaloqning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini berish vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xodimlari ularni qoʻlga oldi.
Sud hukmi bilan O. 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
G. ayol kishi ekanini, yosh chaqaloq farzandi borligini, turmush oʻrtogʻi yoʻqligini, ular onasini mehriga muhtoj ekanini, unga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan taqdirda farzandlari ona mehridan mahrum boʻlishini, uni xulqini jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin deb hisoblab, Jinoyat kodeksining 72-moddasini tatbiq qilib, tayinlangan jazoni shartli jazoga almashtirishni; Fotimaga jazo turi va meʼyorini tayinlash chogʻida jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar sifatida jinoyatni gʻarazli va boshqa past niyatlarda sodir qilganini, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganini, oilaviy sharoitini, ayol kishi ekanini, qaramogʻida bir nafar voyaga yetmagan farzandi, yaʼni 7 oylik farzandi borligini jazoni jiddiy kamaytiruvchi holatlar sifatida baholab, uni ayol kishi ekanini, yosh chaqaloq farzandi borligini, yosh chaqalogʻi onasini mehriga muhtoj ekanini, unga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan taqdirda farzandi ona mehridan mahrum boʻlishini, uni xulqini jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin deb hisoblab, Jinoyat kodeksining 72-moddasini tatbiq qilib, tayinlangan jazoni shartli jazoga almashtirishni lozim topdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring