Andijonda 271 ta koʻp qavatli uy issiqlik manbaiga ega boʻladi
Foto: Xalq so‘zi
Maʼlumki, 2019-2024-yillarga moʻljallangan loyihaga koʻra Jahon bankining kredit mablagʻlari hisobidan Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarining markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Andijon shahridagi 5-kichik tumanda “Adolat Qurilish Servis” MCHJ tomonidan 6,4 km. masofaga quvur tortish ishlari olib borilayotgan boʻlsa, “Bell-far Partners” MCHJ tomonidan individul issiqlik punktlari uchun blok konteynerlarni oʻrnatish ishlari yakunlanmoqda.
— Rejaga binoan Andijon shahridagi issiqlik manbai ishlab chiqaruvchi 3 ta qozon hamda 27,5 km uzunlikdagi issiqlik uzatish tarmoqlarini almashtirish koʻzda tutilgan, — deydi Andijon viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi Jamshidbek Bozorboyev. — Shuningdek, 373 ta individul issiqlik punktlari oʻrnatiladi.
Amalga oshirilayotgan ishlar yakuniga yetgach, viloyat markazidagi mavjud 5 ta kichik tumanda joylashgan 271 ta koʻp qavatli uylar hamda 30 ta ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlash mumkin boʻladi. Buning uchun 24,5 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring