Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

19:50 13 Mart 2025 Jamiyat
185 0

Videodan kadr

Andijon shahrida 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi. Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 13-mart kuni 1999-yilda tugʻilgan, kar-soqov boʻlgan yigitni poyezd urib yuborgan. Tez yordam brigadasi voqea joyiga soat 10:22 da yetib borib, ogʻir ahvoldagi bemorni 10:34 da RShTYM viloyat filialiga olib kelgan. Markaz shifokorlari tomonidan oʻtkazilgan operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan va bemorning hayoti saqlab qolingan.

Unga bosh miya ogʻir jarohati, chayqalishi, gematomasi, qosh qismi yirtilishi, oʻng oshiq-boldir boʻgʻimi chiqishi, oshiq-boldir boʻgʻimi sinishi, postravmatik karaxtlik kabi tashxislar qoʻyilgan.

Qayd etilishicha, bemorning holati “oʻrta ogʻir” deb baholanmoqda. Yigit hozirda shifokorlar nazorati ostida, salomatlik holati esa ijobiy koʻrinishda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер