Andijonda 2,3 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
Andijon viloyatida 2,3 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, inspeksiyaning Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Asaka tumanida joylashgan “O. T.” MCHJga qarashli suv chiqarish nasosini oʻzboshimchalik bilan taqmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 2 milliard 365 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Boshqa bir holatda esa Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjaobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “H.D.” oilaviy korxonasi masʼul shaxslari “Mustaqillikning 27-yilligi” MFY hududidagi parrandachilik fermasida tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib 322,7 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Pop tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.D. “Guliston” MFY hududidagi dam olish maskanida tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib 222,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring