Andijon va Qashqadaryoda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Marhamat, Koson va Nishon tumanlarida valyuta savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Marhamat tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.Yu. 3 000 AQSH dollarini 39 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 5 410 AQSH dollari, 51 600 Rossiya rubli, 13 450 Qirgʻiz somi va 16,4 million soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Koson tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro P.M. 3 300 AQSH dollarini 42,7 million soʻmga sotib olgan vaqtida ushlanib, undan jami 2 800 AQSH dollari va 93,3 million soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Nishon tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.K. va boshqalar fuqaro B.T.ga 3 400 AQSH dollarini 44,2 million soʻmga sotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring