Andijon shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nazoratdan oʻtkazildi
Andijon shahrida kuz-qish mavsumiga masʼul 21 ta korxona va tashkilotlar ishtirokida maxsus saf koʻrigi oʻtkazildi. Tadbir davomida tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirilib, mavsum davomida barqaror ishlash uchun zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.
“Andijon suv taʼminoti” AJ bosh muhandisi Xumoyunjon Alimovning taʼkidlashicha, aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova tizimi faoliyatini yaxshilash boʻyicha belgilangan barcha vazifalar oʻz vaqtida bajarilgan. Mavsum davomida ehtimoliy nosozliklarni tezda bartaraf etish uchun shaharda 5 ta, tumanlarda esa 1 tadan taʼmirlash guruhi kunu tun ish rejimida faoliyat yuritadi.
Saf koʻrigi chogʻida 240 nafar masʼul xodimning tayyorgarlik darajasi baholandi, 64 ta texnik vosita tekshiruvdan oʻtkazildi. Shu kabi tadbirlar 19-noyabrga qadar viloyatning barcha hududlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Maqsad — mavsumni barqaror va muvaffaqiyatli oʻtkazish.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring