Amsterdamda bir nechta portlash sodir boʻldi
Foto: Reuters
Joriy yilning 5-iyunga oʻtar kechasi Amsterdam shimolida ketma-ket uchta portlash sodir boʻldi. Bu haqda Niderlandiya radioeshittirish korporatsiyasi (NOS) xabar bermoqda.
Korporatsiya maʼlumotlariga koʻra, shahar shimolida, mahalliy vaqt bilan soat 03:15 — 03:50 oraligʻida uchta portlovchi qurilma harakatga keltirilgan.
Aniqlik kiritilishicha, hech kim jabrlanmagan. Birinchi portlashdan keyin yongʻin boshlangan, biroq mutaxassislar yongʻinni oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.
Voqea joyida portlashlardan biriga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 21 yoshli yigit qoʻlga olingan. Uning shaxsi haqida tafsilotlar berilmagan. Politsiya, shuningdek, uch voqea oʻrtasidagi aloqalarni ham tekshirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring