Amerikalik opa-singil modellar Falastinga 1 million dollar ajratdi

Amerikalik supermodel opa-singil Bella va Gigi Hadidlar Falastinga yordam berish uchun 1 million dollar xayriya qilmoqda.
Ajratilgan mablagʻ Gʻazodagi urushda jabrlangan bolalar va oilalarga yordam berishda ishtirok etayotgan toʻrtta gumanitar tashkilot oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Opa-singil modellarning otasi Muhammad Anvar Hadid asli falastinlik boʻlib, katta mulk egasi hisoblanadi.
Ushbu xayriya oʻtgan oy Kann kinofestivalida modellarning Falastin madaniyati bilan bogʻliq kiygan libosidan soʻng amalga oshirilgan. Shuningdek, ular 7-oktyabrdan buyon Isroil urushiga qarshiligini turli yoʻllar orqali ifodalab keladi.
"Men jabr-zulmda ostida yashayotgan falastinliklarga hamdardlik bildiraman va ularni koʻrib har kuni qalbim eziladi. Bu asossiz fojiadan begunoh insonlar halok boʻlmoqda", degan Gigi Instagram sahifasida.
Opa-singillar yaqin kunlarda Instagram platformasida ommalashgan “All eyes on Rafah” trendiga ham qoʻshilishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring