Aloqa vositasi uchun sim kartalar “aloqa”ga chiqolmaydigan boʻldi

11:38 23 May 2023 Jamiyat
458 0

“Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga yurtimizga oʻtish uchun fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkazildi.

Natijada, avtotransport vositasi yukxonasida qiymati 18 mln. soʻmlik, 6000 dona mobil aloqalar uchun sim kartalar borligi aniqlandi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?