Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi Samarqandda keng nishonlandi
Bugun Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻi ertalabdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, yozuvchi va shoirlar, talaba-yoshlar hamda oʻquvchilar bilan gavjum boʻldi.
Bogʻ markazida oʻrnatilgan Hazrat Alisher Navoiy haykali poyida buyuk mutafakkir tavalludining 585 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi. Unda Navoiy hayoti va faoliyati, uning boy adabiy-maʼnaviy merosi, shuningdek, bugungi kunda yoshlar tarbiyasida tutgan beqiyos oʻrni haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida Alisher Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho maʼnaviy merosiga aylangani, ushbu qutlugʻ sana nafaqat mamlakatimizda, balki jahonning koʻplab davlatlarida ham keng nishonlanayotgani taʼkidlandi. Hazrat Navoiyning gʻazal va ruboiylaridan namunalar oʻqilib, sheʼriyat ixlosmandlariga yuksak maʼnaviy zavq ulashdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib, ulugʻ mutafakkir xotirasiga ehtirom izhor etdilar.
Qayd etilishicha, ushbu sana munosabati bilan viloyatdagi taʼlim muassasalari, tashkilot va idoralarda ham Navoiy ijodiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirlar, Navoiyxonlik kechalari oʻtkazilmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring