“Al Ittihod” jamoasi “Nasaf”ga munosib raqibmi?
23-dekabr kuni “Nasaf” klubi OFK Elit Chempionlar Ligasi musobaqasining 6-turi doirasida Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Keling, ushbu jamoa haqida biroz toʻxtalib oʻtamiz: “Al Ittihod” jamoasi 98-yillik tarixga ega. Klub 1927-yilda tashkil etilgan. Jamoaga muxlislar tomonidan “Tigers” (“Yoʻlbarslar”) va “The Peopleʼs Club” (“Xalq jamoasi”) degan laqablar berilgan.
“Al Ittihod” oʻz uy uchrashuvlarini Jidda shahrida joylashgan “Qirol Abdulloh Sport Siti” stadionida oʻtkazadi. Ushbu maydon 62 mingdan ziyod muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.
Jamoa shu vaqtga qadar 10 karra Saudiya Arabistoni Professional ligasida, 10 karra Qirol kubogida, 8 karra Valiahd shahzoda kubogi musobaqasida chempion boʻlgan. Shuningdek, “Al Ittihod” 2004 va 2005-yilgi mavsumlarda Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining bosh sovriniga ega chiqqan.
Jamoani ayni paytda 51 yoshli portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysau boshqarmoqda. U oʻz faoliyati davomida “Braga”, “Nant”, “Portu”, “Milan” kabi nomdor klublarda ishlagan. 2025-yil oktyabr oyida ushbu jamoani qabul qilib olgan.
Konseysau murabbiy sifatida “Portu” klubi bilan 3-marta Portugaliya chempionatida gʻolib boʻlgan. Aynan shu yillarda ushbu murabbiy liga tomonidan “yil murabbiyi” deb topilgan.
Hozirda “Al Ittihod” klubida Muso Diabi, Stiven Bergveyn, NʼGolo Kante, Fabinyo va Karim Benzema kabi jahon futboli yulduzlari faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, klubda ayni paytda Solih ash-Shehri, Faysal al-Gʻamdi, Hasan Kadesh, Ahmad al-Gʻamdi, Saad al-Muso kabi Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilari toʻp surmoqda.
Eslatib oʻtamiz, OFK Elit Chempionlar Ligasi 6-turidan oʻrin olgan “Al Ittihod” – “Nasaf” uchrashuvi 23-dekabr kuni soat 23:15 da start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring